Tavsif
Misr – noyob davlat bo‘lib, u yerda har bir inson o‘zi uchun qiziqarli mashg‘ulot topishi mumkin. Mehmondo‘stlik muhiti va ko‘ngilochar joylarning keng tanlovi oilaviy dam olish uchun mo‘ljallangan ushbu mintaqaga katta shuhrat keltirgan.
Ayni vaqtda Qizil dengiz va Sinay yarimoroli dunyodagi eng tez rivojlanib kelayotgan sayyohlik hududlaridan biri hisoblanadi.
Qizil dengiz – Dunyo okeanining eng sho‘r dengizi. O‘zining zilol suvlari bilan mashhur, boisi unga loy va qum olib keluvchi daryolar kelib quyilmaydi. Hattoki sovuq mavsumda ham suvining harorati 20 °C dan pastga tushmaydi, issiq mavsumlarda esa 27–28 °C dan oshishi mumkin. Bu suvda turli xil infeksiyalarning ko‘payish xavfini kamaytirishga imkon beradi va bu bilan dengiz suvining shifobaxsh xususiyatlarini oshiradi.
Noyob suvosti dunyosi sababli Qizil dengiz dayving bilan shug‘ullanish uchun eng yaxshi joylardan biri hisoblanadi.
Sharm al-Shayxda dam olish
Sharm al-Shayx – oilaviy va faol dam olish uchun eng yaxshi joy. Bu yerda siz ko‘p sonli marjon qoyalarini, plyajlar va boshqa diqqatga sazovor joylarni topasiz.
Quml plyajda mayin quyosh nuri ostida hordiq chiqarishdan tashqari mehmonlarga ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar taklif qilinadi: dayving, sahro bo‘ylab safar, toqqa chiqish, golf va milliy bog‘lar – ushbu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin! Sharm al-Shayx kurorti plyajlarida boshqa dengiz ko‘ngilochar mashg‘ulotlarini ham topish mumkin (bananlar, katamaranlar, yaxtalarda sayr va sh.k.).
Turga kiritilgan
- Toshkent – Sharm al-Shayx – Toshkent aviaparvozi Nileair aviakompaniyasida
- Mehmonxonaga joylashish
- Aeroport – aeroport – mehmonxona – aeroport guruh bo‘lib transferi
- Ovqatlanish – Hammasi ichida
- Misr – Toshkent PSR testi
- COVID+ tibbiy sug‘urtasi